logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlikning 2023 yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani

06.02.2024
2755

2024 yil 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) 2023 yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan press-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak, direktor o‘rinbosari Davron Maksudov, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Askarjon Zakirov, Kapital bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Saibjan Xudayberdiyev, Sug‘urta bozorini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Orifjon Fayziyev ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Agentlik tomonidan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida so‘zlab berishdi.

Vyacheslav Pak o‘zining kirish so‘zida qo‘yidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

«Bir qator muammolarni hal etish, shu jumladan raqamlashtirish, innovatsiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb etishning yangi shakl va usullarini qo‘llash uchun davlat va biznes o‘rtasida yaqin hamkorlik zarur, chunki barchamizga ma’lumki, innovatsiyalar va texnologiyalar ko‘pincha biznes tomonidan taqdim etiladi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Agentligimiz tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, byurokratiya va qog‘ozbozliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ilg‘or va innovatsion yechimlarni joriy etishni doimiy tarafdori».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentabrdagi “Kapital bozorni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son Qarori bilan Agentlikka Iqtisodiyot va moliya vazirligining kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi faoliyatini tartibga solish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, shuningdek, sug‘urta tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari o‘tkazildi. Agentlik ushbu sohalarda tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Shuningdek, «Fond bozorining axborot resurs markazi» davlat unitar korxonasi va Korporativ axborot yagona portali Agentlikka beg‘araz o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-381-son Qarori bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish sohasidagi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Agentlikka topshirildi.

Amalga oshirilgan tashabbuslar natijalariga ko‘ra, kripto-aktivlar milliy bozori institutsonal kengaytirildi. Xususan, o‘tgan yilda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshirish uchun 9 ta litsenziya, shu jumladan, 1 ta kripto-birja, 2 ta kripto-depozitariylar i 6 ta kripto-do‘konlarga litsenziya berildi.

O‘tgan yili kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshiruvchilar tomonidan 36,2 mlrd. so‘m miqdorida davlat boji va yig‘imlari kelib tushdi.

* * *

Kapital bozori sohasida 2023 yilning oxirgi 3 oyida Agentlik tomonidan 7 trln. 905 mlrd. so‘mga teng miqdorda aksiyalar va 65 mlrd. so‘mga teng miqdorda obligatsiyalar chiqarilishi o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi PQ-357-son Qarori hamda 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:

– “O‘zbektelekom” AJ ustav kapitali 6,4 mlrd. so‘mga oshirilib, aksiyalar 6 000 so‘mdan 10 000 so‘mga qadar oralig‘ida sotuvga qo‘yildi, natijada 33 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar jalb etildi;

– “O‘zbekinvest” AJ ustav kapitali 14 mlrd. so‘mga oshirildi;

– ommaviy IPO o‘tkazilishi maqsadida “O‘zbektelekom” AJ hamda “O‘zbekinvest” AJ aksiyalari chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda mahalliy fond bozorida joylashtirildi.

Minoritar aksionerlar huquq va manfaatlarini himoya qilish doirasida faqatgina 2023 yil 4-choragida ularga 1,2 mlrd. so‘mlik dividendlar to‘lanishi ta’minlandi.

Sug‘urta tashkilotlarining umumiy ustav kapitali jami 2,3 trln. so‘mdan oshdi hamda o‘tgan yilga 22,6% ko‘paydi.

Sug‘urta tashkilotlarining iqtisodiyotga investitsiyalari hajmi 6,2 trln. so‘mdan oshdi, umumiy o‘sish 29,4%ni tashkil etdi. Shu bilan birga sug‘urta tashkilotlarining investitsion portfeli asosan yuqori daromadli aktivlardan tashkil topgan, ya’ni mablag‘larning 65,6% tijorat banklarining depozitlarida hamda 22,1% qimmatli qog‘ozlar va aksiyalarda joylashtirilgan.

To‘langan sug‘urta to‘lovlarining umumiy miqdori 2 trln. so‘mni tashkil etdi, ulardan 1,5 trln. so‘m sug‘urta tashkilotlari tomonidan umumiy sug‘urta sohasida va 453,5 mlrd. so‘m hayotni sug‘urtalash sohasida to‘lab berildi.

Tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 9,1 mln.ni tashkil etdi, 2022 yilga ko‘ra o‘sish 14,9%ni tashkil etdi.

Umumiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari 25,0%ni, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 220,0 tis. so‘mni  (18,0 AQSH dollari) tashkil etdi.

Bundan tashqari, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoyalash bo‘yicha tegishli ishlar o‘tkazildi, 2023 yil natijalariga ko‘ra vakolatli davlat organiga 3 132 murojaat (+161 %) kelib tushdi, ulardan 2600 murojaat (83%) ijobiy hal etilib jami 19,7 mlrd. so‘mlik sug‘urta bilan qoplanuvchi to‘lovlar to‘lab berildi.

* * *

Agentlik tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq, kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta faoliyati, elektron tijorat, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish sohalarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha faoliyati kripto-aktivlar aylanmasi, kapital va sug‘urta bozorlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohalarga investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchilikni takomillashtirish orqali davom etmoqda.