Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“AGAT CREDIT” AJ MMT va “FREEDOM FINANCE” MCHJ XK kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

17.06.2026
153

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “AGAT CREDIT” AJ MMT va “FREEDOM FINANCE” MCHJ XKni kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Tartibga solish qumdoni doirasida “AGAT CREDIT” AJ MMT valyutada ifodalangan obligatsiyalar emitenti sifatida ishtirok etadi, “FREEDOM FINANCE” MCHJ XK esa ularni chiqarish va joylashtirishda investitsiya vositachisi sifatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.