logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

21 oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

21.10.2022
1804

     1989 yil 21 oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi xalqimiz hayotida shubhasiz buyuk tarixiy voqea va O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan ilk tamal toshi bo‘ldi. 

     “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning tarixiy o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning uzviy davomi sifatida 2020 yil 10 aprel kuni Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi. Unga muvofiq 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Bu bilan davlat ramzlaridan biri sanalgan ma’naviy qadriyatimiz – ona tilimiz yuksak e’tiborda ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

     Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

     Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari D.S.Maksudov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarga davlat tili haqidagi Qonunning qabul qilinishi va uning ahamiyati, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga doir Agentlikda qabul qilingan hujjatlar, hamda ularning ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, shu jumladan xodimlarini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazida o‘zbek tilini hamda o‘zbek tilida ish yuritish asoslarini o‘rganish bo‘yicha qisqa muddatli kurslardagi ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar  to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

     Bugungi kunda o‘zbek tili shakllanishi tarixi va uni rivojlantirish haqidagi qiziqarli ma’lumotlar Agentlik xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

     Aziz Vatandoshlar!

     Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

     Ona tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini, jahon hamjamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni o‘z xalqining tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb vazifamiz bo‘lib qoladi.

     Barcha vatandoshlarimizni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, Ona tilimizning obro‘-e’tibori yanada yuksalishini tilaymiz!