Management
Management
Ma’lumoti oliy
Li D.R. mehnat faoliyatini xalq ta’limi tizimi ta’minoti sohasida boshladi, keyinchalik mashinasozlik va metallurgiya sohasida turli rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.
2017-2019 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-2022 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Friday of the fourth week of the month from 11:00 to 13:00
Toshkent moliya instituti bitiruvchisi (2005y.)
2003-2006 yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasida ishlagan.
2006 yildan 2017 yilga qadar O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yilda O`zbekiston Respublikasi moliya vaziri o`rinbosari etib tayinlangan.
2019-2022 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2022 yil may oyidan – O`zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o`rinbosari.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Thursday of the fourth week of the month from 11:00 to 13:00
Toshkent davlat yuridik instituti bitiruvchisi (2005 y.)
U 2005-2009 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida yetakchi ilmiy xodim hamda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasida katta maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.
So`ng avtomobil sanoati korxonalari yuridik xizmatlariga rahbar bo`lgan.
U 2012-2014 yillarda Yevropa Ittifoqining “O`zbekistondagi sud-huquq islohotlariga ko’maklashish” xalqaro loyihasida huquqiy masalalar bo`yicha ekspert bo`lgan.
Oxirgi yillarda O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritgan.
2019-2022 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o`rinbosari.
2022 yil may oyidan – O`zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o`rinbosari.
Wednesday of the fourth week of the month from 11:00 to 13:00